Yangi milliy standart qabul qilindi: O‘zMSt AMFORI BSCI:2024
2026-04-27 10:35:00 / Yangiliklar

✅ O‘zbekistonda xalqaro talablarga muvofiq yangi milliy standart — O‘zMSt AMFORI BSCI:2024 “AMFORI BSCI tizimi qo‘llanmasi” qabul qilindi. Mazkur hujjat mamlakatda mas’uliyatli biznes yuritish, mehnat huquqlarini himoya qilish hamda ta’minot zanjirlarida shaffoflikni ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Ushbu standart keng qo‘llanilayotgan AMFORI BSCI tizimiga asoslangan bo‘lib, korxonalar faoliyatida ijtimoiy mas’uliyatni ta’minlashning yagona yondashuvini belgilaydi. Standart talablariga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar nafaqat milliy qonunchilikka rioya qilishi, balki xalqaro mehnat standartlariga ham mos faoliyat olib borishi lozim. Jumladan, unda mehnat sharoitlarini yaxshilash, bolalar va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, ish joylarida xavfsizlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar qamrab olingan.
✅ Standartning muhim jihatlaridan biri — due diligence (“yetarlicha tekshiruv”) tizimining joriy etilishidir. Mazkur yondashuv korxonalardan o‘z faoliyati hamda ta’minot zanjiridagi xavflarni aniqlash, baholash va bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishni talab etadi. Ushbu jarayon xavflarni aniqlash, ularni kamaytirish, monitoring olib borish hamda ochiq hisobot taqdim etish bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
✅ Shuningdek, standart ta’minot zanjirini kompleks nazorat qilishga alohida e’tibor qaratadi. Korxonalar o‘z hamkorlarining ijtimoiy mas’uliyat darajasini baholashi, auditlar o‘tkazishi va uzluksiz takomillashtirish choralarini ko‘rishi zarur. Bu esa ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.
✅ Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur standartni joriy etish mahalliy korxonalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Xususan, u mahsulotlarni Yevropa va boshqa rivojlangan
