Rohde & Schwarz GmbH & Co. KG bilan strategik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
2026-04-24 16:00:00 / Yangiliklar

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Rohde & Schwarz GmbH & Co. KG kompaniyasi vakili Sergey Rybinskiy ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Rohde & Schwarz GmbH & Co. KG Germaniyaning elektronika, kiberxavfsizlik va o‘lchov asboblari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lib, 90 yildan ortiq tajribaga ega.
✅ Uchrashuv davomida metrologiya sohasini rivojlantirish, elektrotexnika mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish va xalqaro standartlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Xususan, agentlik tizimidagi laboratoriyalarni kompaniyaning zamonaviy o‘lchov va sinov uskunalari bilan jihozlash orqali elektromagnit moslashuvchanlik hamda radioaloqa vositalarini sinash imkoniyatlari kengaytirilgani ta’kidlandi.
✅ Shuningdek, hamkorlik doirasida mahalliy mutaxassislar uchun zamonaviy o‘lchov texnologiyalari bo‘yicha o‘quv treninglar tashkil etish, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo



