Sifat infratuzilmasi va sanoat korxonasi o‘rtasida muloqot
2026-04-23 10:00:00 / Yangiliklar

✅ Texnik tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “International Beverages Tashkent” MChJ qo‘shma korxonasi direktorlar kengashi raisi Ergashev Shuxrat Sharipovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur korxona salqin ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, unda “Pepsi”, “Mirinda”, “Lipton” va “7UP” kabi mashhur brendlar ostida mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
✅ Uchrashuv davomida O‘zbekiston milliy metrologiya institutining bosim va sarf, suyuqlik va gaz sarfi, kimyo, fotometriya laboratoriyalari hamda Sifat nazorati va ilmiy tadqiqotlar markaziy laboratoriyasining faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
✅ Shuningdek, muloqot jarayonida texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi qarorining mazmun-mohiyati, standartlashtirish va metrologiya yo‘nalishidagi yangiliklar hamda laboratoriya xizmatlari haqida tushuntirishlar berildi. Korxona vakillarining sohaga oid savollariga atroflicha javoblar taqdim etildi.
✅ Uchrashuv yakunida “International Beverages Tashkent” MChJ qo‘shma korxonasida mavjud laboratoriyalarni ma’qullashdan o‘tkazish, mutaxassislarni tegishli yo‘nalishlarda o‘qitish, shuningdek, laboratoriya xizmatlari va malaka almashish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.



