Sifat va axborot almashinuvi sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi
2026-04-21 10:00:00 / Yangiliklar

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Avtonom notijorat tashkiloti “Rossiya sifat tizimi” o‘rtasida sifatni ta’minlash va axborot almashinuvi sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
✅ Mazkur kelishuv ikki tomon o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashish, shuningdek mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
✅ Kelishuvni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Jumanazarov Akmal Ruzikulovich hamda Avtonom notijorat tashkiloti “Rossiya sifat tizimi” rahbari o‘rinbosari Chumak Aleksandr Sergeyevich imzoladilar.
✅ Tomonlar mazkur hujjat doirasida sifat infratuzilmasini rivojlantirish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va axborot almashinuvini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar

