Xalqaro hamkorlik: metrologiya sohasida yangi bosqich
2026-04-21 11:00:00 / Yangiliklar

☯️ Metrologiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va zamonaviy o‘lchash infratuzilmasini shakllantirish yo‘lida muhim qadam qo‘yildi. Rossiya Federatsiyasining innovatsion yechimlar ishlab chiqaruvchisi — “ElMetro-Injiniring” MChJ hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
🫥 Mazkur kelishuv ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy-texnik salohiyatni birlashtirish va ilg‘or tajriba almashinuvini ta’minlashga qaratilgan. Hamkorlik doirasida zamonaviy o‘lchash vositalarini ishlab chiqish, metrologik ta’minotni takomillashtirish, shuningdek, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari amalga oshiriladi.
🫥 Hujjat O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Jumanazarov Akmal Ro‘ziqulovich hamda “ElMetro” kompaniyalar guruhi bosh direktori Jestkov Aleksandr Vladimirovich tomonidan imzolandi. Muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar hamda amaliy loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.
🫥 Ushbu hamkorlik milliy metrologiya tizimini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, sanoatda raqobatbardoshlikni oshirish va innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Mazkur kelishuv nafaqat ikki tashkilot, balki butun soha uchun yangi imkoniyatlar yaratib, O‘zbekistonda metrologiya yo‘nalish



