“Eng yaxshi metrolog – 2026” tanlovi
2026-04-14 15:05:00 / Yangiliklar

📢 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-apreldagi
“Mahsulot sifatini oshirishga munosib hissa qo‘shgan mutaxassislar va korxonalarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 143-son qaroriga muvofiq, har yili 20-may — Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan soha xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi metrolog” tanlovi o‘tkaziladi.
⚡️ Mazkur tanlov metrologiya sohasida faoliyat yuritayotgan malakali mutaxassislarni rag‘batlantirish, ularning kasbiy yutuqlarini e’tirof etish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan.
Tanlov nominatsiyalari:
🔴 “Ilmiy metrologiya yoʻnalishidagi eng yaxshi metrolog”;
🔴 “Amaliy metrologiya yoʻnalishidagi eng yaxshi metrolog”;
🔴 “Eng yaxshi yosh metrolog”.
Tanlovda ishtirok etish huquqiga ega:
🔴 vazirliklar va idoralar;
jamoat birlashmalari;
🔴 oliy taʼlim muassasalari;
🔴 ilmiy-tadqiqot muassasalari;
🔴 tadbirkorlik subyektlari;
jismoniy shaxslar.
Hujjatlarni topshirish tartibi:
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar 2026-yil 20-aprelga qadar ariza va tegishli hujjatlarni quyidagi elektron manzillarga yuborishlari lozim: uzst@standart.uz,
standart@exat.uz
Taqdim etiladigan hujjatlar:
🔴 erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotnoma (3 varaqgacha);
🔴 tarjimai hol;
🔴 nominatsiya mezonlariga mosligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (intellektual mulk obyektlari, normativ hujjatlar, standartlar va boshqalar);
🔴 ilmiy unvon va daraja to‘g‘risidagi diplom (mavjud bo‘lsa);
🔴 ilmiy nashrlar ro‘yxati.
Ariza shakli: https://cloudadmin.standart.uz/api/share/crTh8hKzMb62QkZXKn3HhurBukQNgNPw/preview
Tanlov mezonlari quyidagi havolada: https://lex.uz/docs/8119026#8124262
To‘liq ma’lumot bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/docs/8119026
