Texnik reglamentlar orqali mahsulot xavfsizligini ta’minlashning yangi mexanizmlari joriy etilishi belgilanmoqda.
2026-04-07 12:00:00 / Yangiliklar

🚨 Texnik reglamentlar orqali mahsulot xavfsizligini ta’minlashning yangi mexanizmlari joriy etilishi belgilanmoqda.
🚨 Shuningdek, davlat tomonidan majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mahsulotlarga oid ayrim normalarni bekor qilish va standartlarni ixtiyoriy qo‘llash amaliyotini kengaytirish nazarda tutilmoqda.
🚨 Metrologiya sohasida esa o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini keng joriy etish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan yangi tartiblar joriy etilishi belgilanyapti.
🚨 Shu bilan birga, akkreditatsiya tizimida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, uning shaffofligini ta’minlash va xalqaro standartlarga muvofiqligini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🚨 Qonun loyihasida javobgarlik mexanizmlari ham aniq belgilab qo‘yilmoqda. Xususan, texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarga rioya etmagan ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilarga nisbatan qat’iy moliyaviy sanksiyalar joriy etilishi belgilanyapti. Jumladan, mahsulot yorliqlarida iste’molchilarni chalg‘ituvchi yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar keltirilgan holatlarda jarima choralari qo‘llanilishi belgilab qo‘yilmoqda.
🚨 Bundan tashqari, muvofiqlikni baholash organlarining mas’uliyati ham qayta ko‘rib chiqilmoqda. Ularning javobgarligi qonun hujjatlari va shartnomaviy munosabatlar doirasida belgilanishi nazarda tutilmoqda.
🚨 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.



