Xorazm viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi
2026-04-07 12:00:00 / Yangiliklar

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-dekabrdagi PQ-375-son qaroriga muvofiq, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining tadbirkorlik subyektlari bilan “Biznes hamroh” markazlarida ochiq muloqotlarini tashkil etish vazifasi belgilangan.
✅ Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida Xorazm viloyatida tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi.
✅ Ochiq muloqotlar davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, ularni qiynayotgan masalalar hamda faoliyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar atroflicha muhokama qilindi.
✅ Shu bilan birga, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek xalqaro standartlarni joriy etish masalalari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
✅ Uchrashuvlar yakunida tomonlar tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlarning muammolarini tezkor hal etish hamda ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.



