Qashqadaryo viloyatida davra suhbati o‘tkaziladi
2026-04-15 10:00:00 / Voqealar taqvimi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, sanoat metrologiyasi, o‘lchash vositalarini verifikatsiya qilish va kalibrlash tizimini keng joriy etish, qiyoslash amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechish hamda mahsulot ishlab chiqarish va sifatni baholash jarayonlarida kalibrlash tizimiga o‘tishni ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari tomonidan 2026-yil 29-aprel kuni soat 15:00 da Qashqadaryo viloyatida, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Qashqadaryo filialida davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda metrologiya xizmatlari (qiyoslash) laboratoriyalari vakillari, hududda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari mutaxassislari hamda boshqa manfaatdor tomonlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Davra suhbati davomida sohadagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda amaliyotdagi muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirda ishtirok etishni istagan tadbirkorlar Agentlikning (+998) 71-202-00-11 (ichki 1043) telefon raqami orqali murojaat qilib, mutaxassislar bilan bog‘lanishlari mumkin.
