Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida metrologiya xizmatlari bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi
2026-04-06 10:00:00 / Yangiliklar

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-25-son Farmoni — “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjatida sanoat metrologiyasini rivojlantirish, o‘lchash vositalari verifikatsiyasi va kalibrlash tizimini keng joriy etish, shuningdek qiyoslash amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechish vazifalari belgilangan.
✅ Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Texnik tartibga solish agentligi vakillari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududiy filiallarining metrologiya xizmatlari (qiyoslash) laboratoriyalari vakillari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi.
Ishtirokchilarga Farmonning mazmun-mohiyati, jumladan:
✅ qonunlashtiruvchi va sanoat metrologiyasi yo‘nalishlari
✅ o‘lchash vositalarini verifikatsiya qilish tartibi
✅ mahsulot ishlab chiqarish va sifatini baholashda qiyoslashdan kalibrlash tizimiga o‘tish
✅ “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
✅ Davra suhbatlarida hududlardagi qator tashkilot va idoralar, jumladan “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari” AJ, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy bo‘linmalari, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi, ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hududiy tuzilmalar, “O‘ztransgaz” AJ tarkibidagi “Urganchtransgaz” boshqarmasi, “Suv o‘lchagich xizmati” AJ Xorazm viloyat bo‘limi hamda O‘zbekiston milliy metrologiya institutining hududiy filiallari metrolog mutaxassislari ishtirok etdi.
✅ Uchrashuvlar yakunida ishtirokchilarning metrologiya sohasidagi qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklarni amaliyotga joriy etish yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi.


