O‘zbekiston korxonalari MDH sifat mukofoti sovrindorlari qatorida
2026-04-06 11:10:00 / Yangiliklar

🫥 Bo‘lib o‘tgan MDH Iqtisodiy kengashining 109-yig‘ilishi doirasida 2025-yil uchun “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishilgan yutuqlar uchun MDH mukofoti” g‘oliblari tasdiqlandi.
🫥 Mazkur tanlov natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 6 ta korxonasi yuqori e’tirofga sazovor bo‘ldi.
🏆 Laureat
“SAM-FERRE” MChJ (Samarqand)
🪐 Diplomantlar
“KHANTEX-GROUP” MChJ (Toshkent)
“TOSHELECTROAPPARAT” XK MChJ (Toshkent)
“ADM JIZZAKH” MChJ (Jizzax)
“PROMEAT Group” MChJ (Toshkent)
“FERGHANA FRANCE” (Farg‘ona)
Joriy yilgi tanlovda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar — Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston dan jami 25 ta korxona ishtirok etdi.
Ushbu mukofot MDH hududidagi eng nufuzli sifat baholash tizimlaridan biri hisoblanib, har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
🎯 Tanlovning asosiy maqsadlari:
🔵 yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish
🔴 eksport salohiyatini oshirish
🟢 innovatsion texnologiyalarni joriy etish
🟤 xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni mustahkamlash
O‘zbekiston korxonalarining ushbu yutug‘i mamlakatda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yana bir bor tasdiqlaydi.



