Farg‘ona viloyatidagi yirik sanoat korxonasi faoliyati o‘rganildi
2026-03-31 12:05:00 / Yangiliklar

🔵 Texnik tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov tomonidan Farg‘ona viloyati hududiy filiallari mas’ullari ishtirokida Qo‘shtepa tumanida joylashgan “FERGANA GLOBAL TEXTILE” korxonasi faoliyati o‘rganildi.
🔴 Mazkur korxona kalava ip, trikotaj mato hamda tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 2025-yil davomida 14 ta davlatga qariyb 17 million AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilgan.
🟢 Korxonaning xalqaro bozorlarga chiqish salohiyatini yanada kengaytirish maqsadida GOTS xalqaro sertifikati rasmiylashtirilgan. Ayni paytda esa BCI standartini joriy etish ishlari yakuniga yetkazilib, sertifikatlashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, korxonada ORGANIC, Oeko-Tex hamda Compact (COM4) kabi xalqaro sertifikatlar joriy etilgan.
🟡 O‘rganish jarayonida korxona bilan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish yo‘nalishlarida tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani alohida qayd etildi.
🟤 Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–25-son Farmonining mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan ustuvor vazifalar tadbirkorlik subyektlariga batafsil tushuntirildi. Xususan, korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sifat infratuzilmasi talablariga muvofiq faoliyat yuritishini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🩷 Tashrif yakunida korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish hamda xalqaro standartlarni keng joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.





