Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida muhim kelishuvlarga erishildi
2026-03-27 10:10:00 / Yangiliklar

✅ Texnik tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov hamda Rossiya Federatsiyasining texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha federal agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish akademiyasi (ASMS) rektori A. Zajigalkin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Uchrashuv davomida O‘zbekiston standartlar instituti va ASMS o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim hamda kadrlar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar atroflicha muhokama qilindi.
✅ Muzokaralar jarayonida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi:
- ilmiy tadqiqot ishlarini birgalikda olib borish;
- ilmiy-innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish;
- yosh olimlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish;
- soha mutaxassislarini zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- mintaqa davlatlari mutaxassislari uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish.
✅ Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va izchil ravishda rivojlantirishga kelishib oldilar.

