“Intertek” bilan xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-03-24 15:05:00 / Yangiliklar

🌐 O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligida Buyuk Britaniyaning “Intertek” kompaniyasi rahbariyati bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
💧 Unda Agentlik direktori A. Jumanazarov, “Intertek” kompaniyasi vitse-prezidenti Jeremy Gaspard hamda hukumat va savdo xizmatlari bo‘yicha bosh menejeri Irina Berenvald ishtirok etdi.
🫥 Uchrashuvda asosiy e’tibor mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish, ularning raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro standartlar asosida muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirishga qaratildi.
🫥 Tomonlar “Intertek” kompaniyasining xalqaro tajribasini O‘zbekistonda joriy etish, sertifikatlashtirish va sifat infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.
🫥 Ma’lumot o‘rnida, “Intertek Group plc” 1885-yilda Londonda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi hamda mahsulot va xizmatlar sifatini baholash va xavfsizligini ta’minlash sohasida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.


