“Eng yaxshi reportaj” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
2026-03-19 12:05:00 / Yangiliklar

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston standartlar instituti tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VMQ-824-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida tanlov tashkil etildi.
✅ Mazkur tanlov doirasida standartlashtirish sohasidagi islohotlarni 2025–2026-yillarda respublika ommaviy axborot vositalarida yoritilgan materiallar orasidan “Eng yaxshi reportaj” (matbuot, televideniya, radio va internet nashrlari) aniqlash ko‘zda tutilgan.
✅ Tanlovda respublikamizning iqtidorli va faol jurnalistlari o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Hay’at a’zolari tomonidan taqdim etilgan materiallar atroflicha ko‘rib chiqilib, uch nafar eng yaxshi ijodiy ish muallifi g‘olib deb topildi:
✅ Nodir Mahmudov – “Yangi O‘zbekiston” gazetasi muxbiri
✅ Samar Jo‘raev – “O‘zbekiston-24” telekanali muxbiri
✅ Shahnoza Mamaturopova – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri
Agentlik jamoasi barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiradi hamda g‘oliblarni samimiy muborakbod etadi.


