Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!
2026-03-14 10:05:00 / Yangiliklar

🔵 Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, mamlakatimizda Navro‘z bayrami arafasida 13–14 mart kunlari umumxalq hashari o‘tkazilmoqda. Ushbu ezgu tashabbus yurtimiz hududlarini obodonlashtirish, atrof-muhitni yanada pokiza va fayzli holga keltirish, mahallalarda birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🔴 Mazkur tashabbus doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi jamoasi ham faol ishtirok etib, agentlik hududi va uning atrofida keng ko‘lamli obodonlashtirish hamda tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. Xodimlar tomonidan hududlarni tartibga keltirish, binolar atrofi va yo‘laklarni tozalash, mavjud yashil hududlarni parvarishlash ishlari olib borilmoqda.
🟢 Xususan, daraxt va gul ko‘chatlari ekilib, hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ko‘cha va yo‘laklar hamda maydonlar tartibga keltirildi, daraxtlarni oqlash va butash ishlari tashkil etildi. Ushbu tadbirlar hududning yanada obod va fayzli ko‘rinishga ega bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
🟤 Umumxalq hashari doirasida amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar jamoa a’zolarining hamjihatligi va faolligini namoyon etib, yurtimizni yanada obod qilish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.



