Texnopark faoliyati o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatildi
2026-03-04 16:30:00 / Yangiliklar

✅ Texnik tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Toshkent shahrida joylashgan zamonaviy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Texnopark” MCHJ faoliyati bilan tanishdi hamda korxona rahbariyati va mas’ul vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
✅ Jarayon davomida korxonadagi ishlab chiqarish quvvatlari bevosita ko‘zdan kechirilib, mahsulotlar sifati hamda ularning amaldagi texnik reglament va standartlar talablariga muvofiqligi atroflicha o‘rganildi.
✅ Muloqot chog‘ida korxona mutaxassislariga mahsulot va ishlab chiqarish jarayonlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini takomillashtirish hamda eksport salohiyatini oshirish yuzasidan amaliy va uslubiy ko‘mak berildi.
✅ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–25-son Farmonining mazmun-mohiyati va unda belgilangan ustuvor vazifalar tadbirkorlik subyektlariga batafsil tushuntirildi. Xususan, korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sifat infratuzilmasi talablariga muvofiq faoliyat yuritishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
✅ Yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat korxonalariga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatishni izchil davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.



