Yoshlar kelajak poydevori
2026-02-27 12:00:00 / Yangiliklar

✅ O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligida “Yoshlar kelajak poydevori” mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Tadbir davomida mamlakatimiz Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvida ko‘tarilgan dolzarb masalalar, ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar, shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.
✅ Uchrashuvda yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunar egallashi, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilmokda.
✅ Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari — S. Ubaydullaeva, D. Fayzieva hamda R. Fozilov ishtirok etmoqda. So‘zga chiqqanlar yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni islohotlar jarayoniga faol jalb etish, shuningdek, davlat organlari va parlament vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish rejalashtirilayotganini ta’kidlamoqdalar.



