Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ijodi — ma’naviyatimiz beshigi
2026-02-11 15:00:00 / Yangiliklar

🟡 9-fevral — buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy, 14-fevral esa shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
🔴 Tadbirni Agentlik direktori Akmal Jumanazarov kirish so‘zi bilan ochib, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, uning mazmun-mohiyatini anglash hamda hayotimizga tatbiq etish bugungi avlod uchun ulkan ma’naviy kuch va ilhom manbai ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, Navoiy va Bobur kabi buyuk siymolarning hayoti va ijodi yoshlarni vatanparvarlik, ilm-ma’rifatga intilish, yuksak axloq va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
🔵 Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Muhammadali Abduqunduzov hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Dilnoza Kubayeva ishtirok etdi. Mehmonlar o‘zlarining ijodiy faoliyati, san’at yo‘lidagi tajribalari va hayot saboqlari bilan o‘rtoqlashib, Navoiy va Bobur asarlarining bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan samimiy fikr-mulohazalarini bildirdilar.
🟢 Tadbir davomida adabiy meros namunalaridan parchalar o‘qildi, ishtirokchilar bilan qizg‘in savol-javoblar tashkil etildi. Uchrashuv qatnashchilarda katta taassurot qoldirib, o‘zining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati bilan alohida e’tirof etildi.


