UNMS SR va Slovakiya sifat infratuzilmasi institutlari bilan uchrashuv
2026-02-10 10:00:00 / Yangiliklar

💙O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi delegatsiyasi Slovakiya Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish standartlashtirish sinov bozor nazorati hamda akkreditatsiya tizimi uchun mas’ul tashkilotlar vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi
⚪️Uchrashuv doirasida UNMS SR Slovakiya standartlashtirish metrologiya va sinov boshqarmasi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi Mazkur tashkilot texnik reglamentlar standartlar CE belgilash texnik to‘siqlar TBT masalalari hamda xalqaro majburiyatlar bo‘yicha markaziy davlat organi hisoblanadi
🟣Uchrashuv davomida Slovakiya tomonining vakillari tomonidan quyidagi mavzular bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi:
⏺Monika Laurovičová Sinov va Yevropa masalalari departamenti tashkilotning institutsional roli mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish hamda CE belgilash jarayonlari haqida ma’lumot berdi
⏺Dušan Butaš Texnik standartlashtirish departamenti standartlashtirish tizimi uning amaliy qo‘llanilishi hamda TBT doirasidagi masalalarni yoritdi
⏺Timea Mogyorosiová SOI Slovakiya Savdo inspeksiyasi bozor nazoratining huquqiy asoslari va iste’molchilar xavfsizligini ta’minlash mexanizmlariga to‘xtaldi
⏺Mária Vysoká UNMS SR TBT masalalari hamda Slovakiya Respublikasining Jahon savdo tashkiloti doirasidagi majburiyatlari bo‘yicha ma’lumot berdi
⏺Štefan Král SNAS direktori akkreditatsiya tizimi SNAS faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etdi
✅Shuningdek Michal Ondrejčík SMU Xalqaro aloqalar direktori va Miloš Ujlaky SLM Metrologiya departamenti direktori tomonidan mavjud hamkorlik aloqalari va istiqboldagi yo‘nalishlar yuzasidan taqdimotlar amalga oshirildi
✅Mazkur uchrashuv Slovakiya Respublikasining texnik infratuzilma tizimlari bo‘yicha kompleks ва amaliy ma’lumotlar olish imkonini berdi Ushbu tajriba O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish hamda ilg‘or xalqaro amaliyotni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi


