Texnik jihatdan tartibga solish sohasida sanoat korxonasi bilan hamkorlik masalalari muhokama
2026-02-06 14:15:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda tegishli mas’ullar tomonidan Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi “EAST CAN SOLUTIONS” xorijiy korxonasi faoliyati o‘rganildi.
Mazkur korxona salqin ichimliklar uchun alyuminiy qadoqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, O‘zbekistonda alyuminiy qadoqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ilk zavod hisoblanadi.
Uchrashuv davomida korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi, mavjud laboratoriyalarning salohiyati o‘rganildi hamda korxonada xalqaro standartlarga asoslangan menejment tizimlarini joriy etish masalalari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.
Shuningdek, muloqot chog‘ida texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, muvofiqlikni baholash yo‘nalishida ko‘rsatilayotgan xizmatlar, standartlashtirish, metrologiya hamda sohaga oid boshqa dolzarb masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Korxona vakillarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Yakunda tomonlar o‘rtasida kelgusida malaka almashish, laboratoriya xizmatlari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.


