Ilm-fan sohasida ayollar ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi
2026-02-05 16:00:00 / Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 26-yanvardagi “Ilmli ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida 11-fevral — “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga bag‘ishlab haftalik o‘tkazish to‘g‘risidagi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu doirada Agentlik tizimi xodimlarining, ayniqsa xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Direktor maslahatchisi O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida laboratoriyada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, ayniqsa ilmiy-tadqiqot ishlarini boshlash istagida bo‘lgan xodimlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Suhbat jarayonida sinov natijalarini ilmiy jihatdan asoslash, ularni tahlil qilish, amaliy tajribalarni ilmiy maqola va ishlanmalar ko‘rinishida rasmiylashtirish, shuningdek ilmiy faoliyatni tizimli yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan batafsil tavsiyalar berildi.
Shuningdek, laboratoriyaning moddiy-texnik bazasi, olib borilayotgan sinov ishlari hamda amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha fikr almashildi.


