O‘zbekiston texnik tartibga solish agentligi direktori doktorant va tadqiqotchilar bilan uchrashuv
2026-02-04 11:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston texnik tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Agentlik Markaziy apparati hamda uning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanayotgan xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tizim tashkilotlari rahbarlari o‘z tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ilmiy faoliyat, olib borilayotgan tadqiqot ishlari hamda erishilgan natijalar to‘g‘risida ma’lumot berdilar. Shuningdek, mustaqil tadqiqotchilar o‘z ilmiy izlanishlari, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalari haqida taqdimotlar bilan chiqish qildilar.
Muhokamalar jarayonida ilmiy tadqiqotlarni samarali tashkil etish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy salohiyatni oshirish, shuningdek, ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Agentlik direktori tomonidan tadqiqotchilarning taklif va mulohazalari tinglanib, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur uchrashuv ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish, tadqiqotchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish va ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi



