Akustika va tebranish yo‘nalishida xodimlar malakasini oshirmoqda
2026-01-28 10:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Germaniyaning Federal fizika-texnika instituti(PTB) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish va xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida navbatdagi o‘quv treninglar amalga oshirilmoqda.
✅ Hozirda Tailand milliy metrologiya instituti ekspertlari tomonidan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasida akustika va tebranish yo‘nalishlarida o‘quv mashg‘ulotlari amalga oshirilmoqda.
✅ Mazkur o‘quv treninglarda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari akustika yo‘nalishida tovush balandligini o‘lchash vositalarini, tovush kalibratorlarini va bosim maydonida ishchi etalon mikrofonlarini avtomatik kalibrlash bo‘yicha hamda tebranish yo‘nalishida tebranish datchiklarini birlamchi kalibrlash hamda tebranish qo‘zg‘atkichlari va signal kuchaytirgichlarini kalibrlash bo‘yicha o‘z malakasini oshirmoqda.
✅ Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘quv trening xarajatlari Germaniya Fizika-texnika instituti tomonidan qoplanadi.


