Nyu-York shahrida BMTning gʻildirakli transport vositalari boʻyicha vakili bilan uchrashuv
2026-01-26 10:50:00 / Yangiliklar

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu-York shahrida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov BMTning gʻildirakli transport vositalari boʻyicha vakili, xalqaro huquqshunos Arancha Hinojal xonim bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 2025 yil oktabr oyidan Oʻzbekiston BMTning gʻildirakli transport vositalari, ularga oʻrnatilishi va/yoki foydalanilishi mumkin boʻlgan jihozlar hamda qismlar uchun muvofiqlashtirilgan texnik qoidalarni qabul qilish va ushbu qoidalar asosida beriladigan rasmiy tasdiqlarni oʻzaro tan olish shartlari toʻgʻrisidagi Bitimga (Jeneva shahri, 1958 yil 20 mart) qoʻshilgani eʼtirof etildi.
Uchrashuv natijasiga koʻra, Oʻzbekistonni BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi huzuridagi “Gʻildirakli transport vositalari, ularning uskunalari va qismlari boʻyicha jahon forumi” (WP.29) doirasida elektron maʼlumotlar bazasini yaratish hamda turini tasdiqlash boʻyicha maʼlumotlar almashinuvi (DETA) bazasiga kiritish boʻyicha kelishuvga erishildi.

