Vaqt va chastota laboratoriyasi xodimlari Tailandda malaka oshirmoqda
2026-01-12 11:10:00 / Yangiliklar

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (https://gov.uz/oz/standart) hamda Germaniyaning Federal fizika-texnika instituti (PTB (https://www.ptb.de/cms/en/)) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish va xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida navbatdagi o‘quv trening tashkil etildi. Hozirda Tailand milliy metrologiya instituti(NIMT (https://en.nimt.or.th/))da O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) Vaqtva (https://nim.uz/) chastota laboratoriyasi xodimlari o‘quv treningda ishtirok etishmoqda.
✅ Mazkur o‘quv treningda O‘zMMI xodimlari chastota o‘lchagichlar va hisoblagichlarni kalibrlash, noaniqliklarni baholash, kalibrlash protsedurasini ishlab chiqish hamda o‘lchash va kalibrlashn imkoniyatlari (CMC-qatorlar)ni Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosi (BIPM)ning (https://www.bipm.org/en/people?userId=3238464)asosiy solishtirishlar bazasi (KCDB)da chop etish yuzasidan o‘z malakalarini oshirmoqda.
✅ Trening O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlarining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirishga, xalqaro tajriba almashinuviga va kelgusida ushbu sohani mamlakatimizda rivojlantirishga zamin yaratadi.
✅ Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘quv trening xarajatlari Germaniya Fizika-texnika instituti tomonidan qoplanadi.



