TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan “Ekslusive Full Xizmat” MChJ tashabbus qilgan Toshkent viloyati, “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti” hududidagi mavjud oshxona binosini davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilish orqali sog‘lom ovqatlanish va talabalar turar joyi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha loyiha (keyingi o‘rinlarda – Loyiha) konsepsiyasi tasdiqlandi.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil
10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 720-son “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Mazkur Loyihani amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari o‘zining manfaatdorligini ma’lum qilish maqsadida quyida keltirilgan qiziqish bildirish uchun soʻrov shaklini to‘ldirib quyida ko‘rsatilgan manzillarga yuborishi mumkin.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
1) Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;
2) Loyiha konsepsiyasi;
3) Loyiha to‘g‘risida ma’lumot.
Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli 2025-yil 20- noyabr sanasiga qadar topshirilishi kerak.
Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan so‘rov formasi va hujjatlar (hisobotlar) to‘liq hamda o‘z vaqtida taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.
Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi
Elektron pochta manzili: f.umarov@minsport.uz
Telefon raqami: +998 (71) 239-24-25, 239-24-24
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Elektron pochta manzili: dxsh@imv.uz, Nasimbek.Nabijonov@imv.uz
Telefon raqami: +998 (71) 203-50-50
