TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani sport maktabiga qarashli futbol o‘yingohini rekonstruksiya qilish va “FC MEHNAT” futbol maktabini tashkil etish hamda foydalanish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasi yuzasidan boshqa talabgorlarga mazkur loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi.
O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi “MAHMUDJON MUSLIMAXON SAVDO” MChJ tomonidan tashabbus qilingan “Davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekiston tumani sport maktabiga qarashli futbol o‘yingohni rekonstruksiya qilish va “FC MEHNAT” futbol maktabini tashkil etish hamda foydalanish” bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasi (keyingi o‘rinlarda – Loyiha) amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi barcha manfaatdor tomonlarni Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi taqdim etishlarini so‘raydi. Xususiy sherik mamlakatdagi o‘sib borayotgan bozordan manfaat ko‘radi hamda mamlakatda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan birida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil
10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-son qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari 2025-yil 27-fevral sanasiga qadar topshirilishi kerak.
Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan so‘rov formasi va hujjatlar (hisobotlar) to‘liq hamda o‘z vaqtida taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
1) Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;
2) Loyiha konsepsiyasi;
3) Loyiha to‘g‘risida ma’lumot.
Qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflari quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi
Elektron pochta manzili: info@minsport.uz
Telefon raqami: +998 (71) 239-24-25, 239-24-24
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Elektron pochta manzili: dxsh@imv.uz
Telefon raqami: +998 (71) 203-50-50
