Sport vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi a'zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini muhokama qilish bo'yicha ikkinchi yig'ilishi o'tkazildi
2025-08-14 09:50:00 / Yangiliklar

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida sohani rivojlantirish borasida muhim topshiriqlar berilgan.
Davlatimiz rahbarining mazkur topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Sport vazirligida ekspertlar, mutaxassislar va Sport vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi a'zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini muhokama qilish bo'yicha ikkinchi yig'ilishi o'tkazildi.
Kelgusida ushbu Qonun loyihasining yangi tahrirda qabul qilinishi sportchi, trener hamda boshqa jismoniy tarbiya va sport sohasi vakillari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, sport sohasidagi nizolarni hal qilishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
