Rasmiy munosabat
2025-05-20 15:00:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Humo” klubi xokkeychilarining oylik maoshlari to'lanmayotganligi bo’yicha tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Humo” klubi xokkeychilarining oylik maoshlari to'lanmayotganligi bo’yicha tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi.
O'zbekiston Xokkey federatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra bugungi kunda klub rahbariyati va homiylar tomonidan jamoa oldidagi qarz mablag'larini tezkorlik bilan to'lash uchun barcha sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Sport vazirligi soha faoliyatiga doir xolis va haqqoniy xabarlarni e’lon qilishda ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik vakillari bilan o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qiladi.
