Hurmatli OAV vakillari!
2025-05-20 10:00:00 / Matbuot anjumanlari

Sizni 2025-yilning 22-may kuni soat 11:00 da Jar sport-sog‘lomlashtirish markazida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumaniga taklif etamiz. Mazkur anjumanda mamlakatimizda ilk bor Markaziy Osiyo Voleybol assotsiatsiyasi (CAVA) shafeligida o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro voleybol musobaqalari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Jumladan:
• 2025-yil 26-may kuni Probatsiya nazoratida turuvchi yoshlar o‘rtasida tashkil etilayotgan “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining final bahslari.
• 2025-yil 29-maydan 4-iyungacha Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadigan “Millatlar ligasi” musobaqasi (kattalar o‘rtasida);
• 2025-yil 10–16-iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan U-16 va U-19 yosh o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi CAVA chempionati;
Bu musobaqalar o‘z miqyosi va darajasi jihatidan Markaziy Osiyo voleybol tarixida muhim o‘rin egallaydi.
Joyi: Jar sport-sog‘lomlashtirish markazi
Kuni: 2025-yil 22-may
