Sport vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarning 2025-yil uchun xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali tasdiqlandi
2025-01-23 14:05:00 / Yangiliklar

Sport vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarning 2025-yil uchun xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ–455-son "O‘zbekiston Respublikasining "2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar uchun 2025-yilga xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini Iqtisodiyot va moliya organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazilishi joriy yilning 25-yanvaridan kechiktirmay amalga oshirilishi belgilangan.
Xususan, 2025-yil 23 yanvar holatiga Vazirlik markaziy apparatiga tegishli jami 11 ta xarajatlar smetalari hamda shtatlar jadvali, Vazirlik tizimidagi respublika byudjetidan mablag‘ oluvchi 26 ta, shuningdek mahalliy byudjetlardan mablag‘ oluvchi 358 ta tizim tashkilotlarining joriy yilgi xarajatlar smetalari va shtatlar jadvallari belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun UzASBO dasturiga to‘liq kiritildi hamda Iqtisodiyot va moliya organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazildi.


