Ōzbekiston U-20 regbi-7 terma jamoasi xalqaro çempionatda iştirok etdi
2026-11-16 14:20:00 / Yangiliklar
Ōzbekiston U-20 regbi-7 terma jamoasi Hindistonning Bhubaneşvar şahrida bōlib ōtgan «Asia Rugby Emirates U20 Sevens 2026» qit’a çempionatida ōz iştirokini yakunladi.

Murosasiz keçgan bahslar yakuniga kōra, terma jamoamiz 10 ta jamoa orasida musobaqaning faxrli 6-ōrnini egalladi. Uşbu xalqaro turnir yoş sportçilarimiz uçun professional mahoratni oşiriş va tajriba orttirişda muhim bosqiç bōldi.
