HUQUQIY BILIMLARINGIZNI OŞIRING: SHARH.LEX.UZ PLATFORMASIDA MAXSUS ÇEGIRMALAR!
2026-11-16 12:45:00 / Yangiliklar
Mazkur platforma Adliya vazirligi huzuridagi «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi tomonidan rivojlantirilayotgan bōlib, unda qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini sodda va xalqçil tilda tuşuntiruvçi ilmiy-amaliy şarhlar hamda huquqiy qōllanmalar joylaştirilgan.
Ayni paytda platformada 7 ta qonun hujjatiga tayyorlangan ilmiy-amaliy şarhlar va 22 ta qōllanma mavjud.
Jumladan, quyidagi qonun hujjatlariga ilmiy-amaliy şarhlar tayyorlangan:
• Ōzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi;
• Iqtisodiy protsessual kodeksi;
• Oila kodeksi;
• «Içki işlar organlari tōḡrisida»gi Qonun;
• «Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari tōḡrisida»gi Qonun;
• «Xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari tōḡrisida»gi Qonun;
• «Tezkor-qidiruv faoliyati tōḡrisida»gi Qonun.
Çegirmalardan foydalaniş imkoniyatini qōldan boy bermang!
Joriy yilning 9-dekabriga qadar platformadagi barça ilmiy-amaliy şarhlarning elektron şaklini sotib oliş (obuna bōliş) uçun bir yillik imtiyozli çegirmalar taqdim etiladi:
• Har bir ilmiy-amaliy şarh uçun — 50 foiz çegirma;
• Barça şarhlar tōplamini xarid qiliş uçun — 56 foiz çegirma.
Mazkur imkoniyatdan davlat organlari va taşkilotlari xodimlari, huquqşunoslar, tadqiqotçilar, talabalar hamda qonunçilikka qiziquvçi barça fuqarolar foydalanişlari mumkin.
