Belboğli kurash böyicha Özbekiston kubogi ğolib va sovrindorlari aniqlandi
2026-11-15 13:40:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 12–15 noyabr kunlari Farğona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida milliy sport turimiz — belboğli kurash böyicha erkaklar va ayollar örtasida Özbekiston kubogi musobaqalari bölib ötdi.
Mazkur musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan 200 nafarga yaqin eng sara poovonlar vazn toifalari böyicha ğoliblik uchun bahs olib borishdi.
Musobaqaning birinchi kunida erkaklar belboğli kurashning klassik yönalishi böyicha 9 ta vazn toifasida kuch sinashgan bölsa, keyingi kunlarda erkaklar va ayollar erkin yönalishdagi bellashuvlarda ishtirok etishdi.
Shuningdek, musobaqa doirasida tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Unda Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi boshliği Nodirjon Hakimov hamda belboğli kurash bo‘yicha kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi Shavkat Mirzaqulov sözga chiqib, ishtirokchilarni qutlashdi va ularga bellashuvlarda omad tilashdi.
Qizğin va murosasiz kechgan musobaqa yakunida umumjamoa hisobida eng köp medallarni qölga kiritgan Farğona viloyati jamoasi faxrli birinchi örinni egalladi. Ikkinchi örin Namangan viloyati polvonlariga nasib etgan bo‘lsa, Toshkent viloyati jamoasi uchinchi örinni band etdi.






