SPORT MAKTABLARIDA QR-KOD VA AXBOROT MATERIALLARI JOYLASHTIRILMOQDA
2026-10-26 11:10:00 / Yangiliklar
Sport maktablarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish hamda shaffoflikni ta’minlash maqsadida «Sizdan asossiz pul talab qilinsa, xabar bering!» mazmunidagi QR-kod va axborot materiallari tayyorlandi.

Mazkur QR-kod orqali fuqarolar sport maktablarida asossiz pul talab qilish holatlariga duch kelgan taqdirda, tegishli ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ushbu tashabbus doirasida QR-kod va axborot materiallarini vazirlik tizimidagi barcha sport maktablarida joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.
