SPORT MAKTABLARIDA DAVLAT BUDJETI MABLAG‘LARIDAN OQILONA FOYDALANISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI
2026-10-26 10:10:00 / Yangiliklar
Sport maktablarida davlat budjeti hisobidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va amalga oshiriladigan xarajatlar to‘g‘risida aniq axborot berish, shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida maxsus buklet tayyorlandi.

Bukletda davlat budjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga oid ma’lumotlar yoritilgan.
Mazkur axborot materiallari sport maktablariga yetkazish va xodimlar hamda manfaatdor shaxslar o‘rtasida huquqiy tushuntirish ishlarini olib borishga xizmat qiladi.
Asosiy maqsad - ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish hamda davlat budjeti mablag‘laridan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish.
