O‘zbekiston sumochilari jahon chempionati sovrindor bo‘ldi
2026-10-19 10:55:00 / Yangiliklar
Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan sumo bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar sportchisi ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, hamyurtimiz Durdona Abdujabborova kumush, Vladislav Bulыgin esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ushbu natija o‘zbek sumosi vakillarining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i bo‘ldi.
Sportchilarimizni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda yanada yuksak natijalar tilaymiz!


