Sportchilarimiz tosh ko‘tarish bo‘yicha Jahon chempionati munosib ishtirok etdi
2026-10-08 15:45:00 / Yangiliklar

2026-yil 4–9-oktyabr kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida tosh ko‘tarish bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda 24 ga yaqin davlatdan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Musobaqa doirasida atletlar tosh ko‘tarishning “Uzun sеkil”, “Dast ko‘tarish”, “Siltab ko‘tarish” hamda jamoaviy “Estafeta” yo‘nalishlarida o‘zaro bahs olib bordilar.
Musobaqa yakunida sportchilar yuqori natijalar qayd etib, jahon chempionligi uchun keskin va murosasiz kurash olib bordilar. Terma jamoamiz 31 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalarni qoʻlga kiritishdi.



