🏆🥇Aichi-Nagoya-2026: Muzaffarbek Toʻraboyev ham ikkinchi bor Osiyo oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi
2026-10-02 16:50:00 / Yangiliklar

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Muzaffarbek Toʻraboyev ikki karra Osiyo oʻyinlari chempionligiga erishdi. Hamyurtimiz +100 kg vazn toifasining chempionlik kurashida mezbon sportchini magʻlub etdi va oltin medalni naqd qildi.
