🏆🥇Bokschimiz Abdumalik Xalokov Osiyo o‘yinlari chempioni
2026-10-02 16:50:00 / Yangiliklar

Yaponiyada o‘tkazilayotgan XX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari navbatdagi yuksak natijalarni qayd etmoqda.
Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 60 kilogramm vazn toifasida final bahsida yurtimiz vakili Abdumalik Xalokov Janubiy Koreya sportchisi Donghvan Jangga qarshi ringga ko‘tarildi.
Muhim va murosasiz kechgan final jangining yakuniga ko‘ra, Abdumalik Xalokov koreyalik raqibini mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Abdumalik Xalokov O‘zbekiston delegatsiyasi xazinasiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi.
