Og‘ir atletikachimiz Munisa Odilova yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston rekordini yangiladi
2026-09-10 09:30:00 / Yangiliklar
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi zamonaviy og‘ir atletika zalida o‘tkazilayotgan kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bahslarining dastlabki kuni nafaqat shiddatli bahslar, balki rekord natija bilan ham yodda qoldi.

-49 kg vazn toifasida ishtirok etgan Qarshi OPSTTM tarbiyalanuvchisi Munisa Odilova siltab ko‘tarish bahsida 92 kg natija qayd etib, yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston rekordini yangiladi.
Iste’dodli sportchi ikki kurash yakuniga ko‘ra 165 kg natija qayd etib, umumiy natijada ham yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.