Regbi bo'yicha O‘zbekiston terma jamoalari "Asia Rugby Emirates U18 Sevens 2026" turniridagi ishtirokini yakunladi
2026-09-08 10:25:00 / Yangiliklar
Xitoyning Tsindao shahrida 5–6-sentabr kunlari regbi bo'yicha Osiyoning yosh terma jamoalari ishtirokidagi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Qizlar terma jamoasi turnirni 4-o‘rin bilan yakunladi. Jamoamiz musobaqa davomida ishonchli ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy olishga bir qadam qolganda o‘z yurishini yakunladi.
O‘g‘il bolalar terma jamoasi esa 8-o‘rinni egalladi. Turnir yosh regbichilar uchun xalqaro tajriba orttirish va kuchli raqiblarga qarshi bahs olib borish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.




