Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar va katta marralar sari!
2026-09-03 10:45:00 / Yangiliklar

Unda markaz rahbariyati, sportchi-o‘quvchilar, ota-onalar, o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etib, ularga ta’lim va sportdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Yoshlarning sifatli ta’lim olishi, sport mahoratini muntazam oshirib borishi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi hamda kelgusida yurtimiz sporti rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yuqori malakali sportchilar bo‘lib yetishishi muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning sportdagi salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan sportchilarni tarbiyalash borasidagi ustuvor vazifalar qayd etildi.
Tadbir yakunida yangi o‘quv yilining boshlanishini ramziy ifodalovchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi.






