Jizzaxda yangi “Universal sport maydonchasi” foydalanishga topshirildi
2026-08-21 12:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida G‘allaorol tumanidagi Nurafshon mahallasida zamonaviy “Universal sport maydonchasi” foydalanishga topshirildi.

Mazkur sport inshooti “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumi doirasida o‘tkazilgan stritbol musobaqasining ayollar o‘rtasidagi 22–30 yosh toifasida Respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa yutug‘i evaziga barpo etildi.
Yangi sport maydonchasi mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Tantanali tadbirda nuroniylar, yoshlar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
