Mustaqillik bayrami munosabati bilan sportchilarimizga munosib tuhfa!
2026-08-21 11:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent shahridagi sport-ta’lim muassasalari shug‘ullanuvchilariga zamonaviy sport kiyimlari, jihoz va anjomlar topshirildi.

Sport vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 9 turdagi qariyb 1 300 dona sport jihozlari va anjomlari, shuningdek, 5 000 dona sport kiyimlari yetkazib berildi.
✍️ Toshkent shahar Sport boshqarmasi mas’ullari ishtirokida sport jihozlari va anjomlarini topshirish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Shundan so‘ng sportchilar uchun mo‘ljallangan zamonaviy jihozlar, anjomlar va sport kiyimlari maxsus transport vositalarida sport-ta’lim muassasalariga yetkazib berish uchun o‘z manzillari sari yo‘l oldi.
🔂Mazkur ezgu tashabbus yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mashg‘ulotlari uchun yanada qulay sharoit yaratish hamda sportdagi yangi marralar sari dadil qadam tashlashiga xizmat qiladi.
