“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2026-08-13 16:55:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda sport sohasi mutaxassislari, trener-o‘qituvchilar hamda sportchi-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, sportchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, mashg‘ulot jarayonlarini samarali tashkil etish, istiqboldagi rejalar hamda sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, sportchilarning mashg‘ulot va musobaqalardan keyingi tiklanish jarayonlarini samarali tashkil etish, to‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish, vitaminlashtirish dasturlarini takomillashtirish hamda zamonaviy sport tibbiyoti yondashuvlarini keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari maktabdagi mashg‘ulot jarayonlari bilan tanishib, yosh sportchilar bilan suhbatlashdi hamda ularga kelgusidagi musobaqalarda omad tiladi.
