41 ta xorijiy atamaning rasmiy o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi
2026-07-13 19:00:00 / Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan o‘zbek tilining me’yorlari asosida ishlab chiqilgan va rasmiy muomalada qo‘llanishi tavsiya etilgan yangi atamalar ro‘yxati e’lon qilindi.
Ular orasida quyidagi muqobillar ham bor:
🔹 Antarkt — Tanaffus
🔹 Banket — Ziyofat
🔹 Brend — Xosnom
🔹 Deadline — So‘ngmuddat
🔹 Datchik — Sezgich
🔹 Dekoratsiya — Sahnabezak
🔹 Mikser — Qorg‘ich
🔹 Palatka — Chodir
🔹 Rakovina — Chanoq
🔹 Rasprodaja — Arzonsotuv
🔹 Freelancer — Erkin ishchi
🔹 Emoji — Hisbelgi
🔹 Hashtag — Kalitso‘z
🔹 Hostel — Qo‘noquy
