Davlat dasturi mavzusida iqtisodiy o‘qish o‘tkazildi
2026-07-24 18:35:00 / Yangiliklar

Sport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi PF–22-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi mavzusida iqtisodiy o‘qish o‘tkazildi.
O‘qish davomida Davlat dasturida sport sohasi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarning 2026 yil I yarim yillikdagi ijrosi, yil yakuniga qadar belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda bu jarayonda alohida e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar muhokama qilindi.
Shuningdek, belgilangan ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlashda hududiy sport boshqarmalari, tuman (shahar) sport maktablarining o‘rni va mas’uliyati, ular faoliyatida ustuvor ahamiyat kasb etuvchi yo‘nalishlar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.



