Qo'ng'irot tumanida sport maktabi trenerlari va trener-seleksionerlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
2026-07-07 17:00:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tumani sport maktabidagi trener va trener-seleksionerlari uchun o‘quv-seminari tashkil qilindi.
Qo'ng'irot tumani sport maktabi direktori Sh.Yeshbayev seminar davomida mamlakatimizda ommaviy va professional sportni yanada rivojlantirish, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash va ularni saralash tizimini takomillashtirish, zamonaviy mashg‘ulot metodikalarini amaliyotga joriy etish hamda sportchilarni xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga o‘z faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash, sportchilarni saralash va tayyorlash sifatini yanada oshirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.






